2023 yil 26-27 yanvar kunlari «Yuksaliş» umummilliy harakati tomonidan dorixonalarda taqiqlangan dori vositalarining sotilişini örganiş maqsadida monitoring ötkazilgan. «Sirli mijoz» körinişidagi monitoring Özbekiston böylab 308 ta dorixonani qamrab olgan.
Qayd qilinişiça, aksariyat dorixonalarda taqiqlangan dori vositalari sotuvdan olib qöyilgan, biroq omborlarda hamon saqlanayotgani ma’lum bölgan.
«Ayrim dorixonalarda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan sotuvi töxtatilgan dori vositalari erkin sotuvda borligi aniqlangan. Xususan, Qaşqadaryo viloyati (Qarşi şahri) va Surxondaryo viloyatining ayrim dorixonalarida (Jarqörğon tumanidagi «Surxon Markaziy», «Döstlik» mahallalarida) Hindistonning «Marion Biotech Pvt. Ltd.» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan va Quramax Medical kompaniyasi tomonidan Özbekistonga olib kirilgan «Nolgripp Junior» yötalga qarşi siropi, «Travamaks», «Nolgripp» va «Tsinepar» tabletkalari va pastillarini hali ham xarid qiliş mumkin. Aholi uşbu dori-darmonlarni yuz bergan fojiali holatlar, soğliq va hayot uçun ehtimoliy xavflarga qaramay, avvalgidek sotib olmoqda», deyiladi xabarda.
«Yuksaliş» umummilliy harakati aholi orasida, ayniqsa, çekka qişloqlar, poliklinikalarda keng tuşuntiriş işlarini ötkaziş, taqiqlangan dori vositalari röyxatini barça dorixonalarning körinadigan joyiga ilib qöyiş, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan savdosi töxtatilgan va sud tomonidan taqiqlangan, lekin omborlarda saqlanayotgan barça dorilarni, tadbirkorlarga yetkazilgan zararning örnini qoplaş masalasini körib çiqqan holda, yöq qilinişini ta’minlaşni tavsiya qilmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda «Dok-1 Maks» siropini içiş oqibatida bolalar ölimi kuzatilgani böyiça tergov davom etmoqda. Ikki nafar mas’ul davlat xizmatçisi va dorilar importyori bölmiş Quramax kompaniyasining ikki xodimi tergovga tortilgan. Kompaniyaning litsenziyasi bekor qilindi, sud yaroqsiz dori vositalarini muomaladan çiqarib taşlaş va ularni yöq qiliş töğrisidagi talabni qanoatlantirdi.
SSV aholi salomatligini muhofaza qiliş va boşqa dori vositalarini qöşimça tekşiriş maqsadida 2022 yilda Quramax Medical tomonidan olib kirilgan barça dori vositalari sotuvi töxtatilganini ma’lum qilgan. Bular 36 turdagi dorilar bölib, ular içiga «Dok-1 Maks», «Nolgripp» siroplari, «Travamaks» tabletkalari va eritma uçun granulalari kiradi.








