Ta’lim bu — katta mas’uliyat. Agar fidokorona işlanmasa, natijaga qaratilgan töğri strategiya bilan işlanmasa, oldinga qöyilgan marralarga yetişiş qiyin. Prezidentimiz oldida aytgan taklifimning paydo bölişiga Belarus YaMMning deyarli 10 foizi IT soha vakillari zimmasiga töğri kelayotgani sabab bölgan. Bizda 36 million aholi bor, uning ustiga 60 foizi yoşlarni taşkil qiladi, kuçli matematika maktablarimiz bor, biz ham bu körsatkiçlarga erişişimiz mumkinligiga işonaman.

Hozirgi kunda IT sohasidagi birlamçi bilimlarni egallabgina IT yönalişida iş topiş oson emas. Bozor özgaryapti. Kundan kunga talablar oşmoqda. Biz oldimizga jahon talablariga mos keladigan, katta kompaniyalarning yuqori lavozimlarida işlay oladigan mutaxassislarni yetiştirib çiqarişni maqsad qilib qöyganmiz. Startap sifatida boşlangan PDP Academy loyihasi bugungi kunga kelib korporativ boşqaruvga ötmoqda, öziga xos IT ekosistemasi şakllantirilmoqda, 2030 yilga qadar strategiya işlab çiqildi va hozirgi olib borayotgan faoliyatimiz kelajakda amalga oşirmoqçi bölgan katta rejalarimiz deboçasi deb qaralsa ham töğri böladi. 

PDP University taşkil qilişimizga sabablardan biri şuki, katta loyihalarni boşqaradigan, yetarli darajadagi bilimga ega mutaxassislarni bir yillik kurslarda yetiştirib bölmaydi. Bizdan çiqqan yoşlar 300- 500 dollar oylik olib yurişni emas, 2000-3000 dollar oylik oladigan kuçli kadrlarga aylanişini uddalaşimiz kerak. 

Dunyodagi katta IT kompaniyalarda işlaydigan döstlarimiz bor. Amazon, Intel kabi kompaniyalar Özbekistonga kirib kelişi mumkinmi deb söraganimizda albatta mumkin, faqat hozirgi kunda yetarli kadrlar yetişmasligi bunga asosiy tösiq bölib turibdi, deyişmoqda. Biz şu mas’uliyatli işni zimmamizga olişimizda Prezidentimiz Şavkat Miromonoviçning şaxsan qöllab-quvvatlaşlari katta turtki böldi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan çiqarilayotgan imtiyozli qarorlar nafaqat bizga, balki şu yönalişdagi barça kompaniyalarga yengillik bermoqda.

Talabalar PDP University'ning birinçi kursida ingliz tilini mukammallaştiriş, IT yönalişidagi fundamental bilimlar, kelajakda erişmoqçi bölgan tor mutaxassislikni aniqlaş kabi bilimlarga ega bölişsa, ikkinçi kursga kelib Software engineering and programming, (Dasturiy injyenerlik va dasturlaş) Artificial intelligence applications (Sun’iy ong dasturlari) , Data science (Ma’lumotlar bazasi fanlari), Business analysis and change management (Biznesni tahlil qiliş va özgarişlarni boşqariş) kabi bilimlarni olişadi.