«Telegram’dagi akkauntimni buzib kirişga uriniş röy berdi. Kimligini bilmadim. Lekin maqsadlari pul emas edi. «Mobi.uz» kompaniyasining raqamidan (+998971300909) qönğiroq böldi. Bir yigit kompaniya Covid-19 böyiça viktorina ötkazayotganini, ğoliblarga qançadir daqiqa, SMS va megabayt berilişini aytdi. Qalloblik ekani şu zahotiyoq aqlimga kelganiga qaramay, öyin öynaşga qaror qildim, oxiri nima bölişini köray dedim. Koronavirus haqida juda oddiy savollar berib, meni ğolib deb e'lon qilişdi. Söng «telefoningizga kod yubordik, şuni bizga aytib yuboring», deyişdi. Qarasam – «Telegram»dan kelgan kod. Ya'ni uzoqdan turib akkauntimga kirişga urinişyapti. Juda sodda, jön yölini tanlaşibdi.
Qayta qönğiroq qilib Mobi.uz’ga tuşdim. Men bilan suhbatlaşgan operatorga vaziyatni tuşuntirdim, ularning raqamidan qalloblik harakati amalga oşirilganidan ogohlantirdim. Beparvo operator ularning raqamiga boşqa joydan (IP Niderlandiyaniki edi, soxta IP bölsa kerak) ulanib oliş imkonsizligini, şikoyatim bölsa militsiyaga qönğiroq qilişim kerakligini aytdi. Lekin kattakon mobil aloqa operatorining raqamiga kimlardir osonlikça ulanib olgani va bu ma'lumot kompaniya vakilini xavotirga solmagani şaxsan menda tahlika uyğotdi. Qönğiroqlarimiz, trafigimiz xavfsizlikda emas ekan. Operatorimni almaştirişimga töğri keladi. Bu qalloblar kim, maqsadlari nima, kompaniya telefoniga qanday ulanib olgan, bilmadim. Öquvçilarimni ham ogohlantirib qöyay dedim. Ehtiyot böling», deb yozadi bloger Eldar Asanov.
Şuningdek, jurnalist Anora Sodiqova ham öz sahifasida şu mazmunda post qoldirgan.
«Karantin vaqtida ucell aloqa kompaniyasining rasmiy raqamidan qönğiroq qilindi va Covid-19 tanlovi iştirokçisiga aylanganimni aytişdi. Söng menga koronavirus haqida 3ta oson savol berib tanlovda ğolib bölganimni e'lon qilişdi. Telefonning narigi tarafidagi yigit kişining ovozi kelardi. U har safar «Hurmatli mijoz», deb murojaat qilardi. Savollariga töliq javob olgaç, u mening raqamimga kod yuborilişini aytdi va kodni unga aytişim bilan viktorinada ğolib bölganim uçun hisobimga 100 ming söm taşlab berilişini ma'lum qildi. 5ta sonli kod SMS orqali telefonimga kelib tuşdi, ammo yuboruvçi Telegram messenjeri edi. Şunda men ularga Ucell kodini nega Telegram mesenjyer yuborayotgani haqida savol berdim. Qönğiroq egasi faqatgina «Hurmatli mijoz, biz Ucell mijozlarni qöllab-quvvatlaş markazidanmiz. Bizga kodni ma'lum qiling», deya qaytarardi. Men şubha bilan raqamlarni qayta tekşirdim. Raqam haqiqatan Ucell kompaniyasining reklamalari va saytda körsatilgan raqami edi. Şu sababli men xavotir bilan raqamlarni ularga aytdim.
Öşa zahoti hisobim 100 ming sömga töldirildi. Men esa ajablangan holda telegram tarmoğimni xavfsizligini tekşirib kördim. Mening telegram tarmoğimga Nyu-Yorkdan kimdir kirgani haqida ma'lumot kelgandi. Men tabiiyki tezlik bilan begona mehmonni öçirdim», deya hikoya qiladi u.







