Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Inson huquqlari böyiça kengaş faoliyati butun dunyo böylab inson huquqlari himoyasini ta'minlaşga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.

Kengaşga 47ta davlat a'zo. Ötgan yil oktabr oyida Özbekiston 2021-2023 yillar davriga uşbu tuzilma a'zosi etib ilk bor saylandi.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengaşning navbatdagi yiğilişi Jyeneva şahrida videoanjuman şaklida ötkaziladi.

Yiğiliş kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilişi va ularni himoya qiliş, şu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlaş bilan boğliq eng dolzarb masalalar örin olgan.

Tadbirda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, Inson huquqlari böyiça oliy komissar Mişel Baçelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, taşqi işlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar iştirok etişi rejalaştirilgan.

Özbekiston prezidenti forumning birinçi kunida, uning yalpi qismida nutq sözlaydi.

Davlat rahbari öz nutqida mamlakatda demokratik yangilanişlarni çuqurlaştirişning ustuvor yönalişlari hamda Inson huquqlari böyiça kengaş doirasidagi işlarning asosiy vazifalariga batafsil töxtaladi.

Özbekiston prezidenti nutqining töğridan töğri translatsiyasi mamlakatning markaziy telekanallarida ham amalga oşiriladi, deyiladi xabarda.