Energetika vazirligi tizimidagi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021 yilda olib borilgan tizimli işlar natijasida yuqori kuçlanişli 19 ta podstansiya quvvati qöşimça 1 855 MVAga (megavolt amper) oşirildi. Vazirlik xabariga köra, 2022 yilda ham bu jarayon izçil davom ettiriladi.

Mamlakatimiz aholisi sonining oşib borişi, yurtdoşlarimizning elektr uskuna va jihozlaridan foydalaniş kölamining yildan yilga kengayib borayotgani, şu bilan birga, respublikamizda kiçik biznes va tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilayotgani, qator investitsiya dasturlari hisobiga yirik sanoat korxonalari oçilayotgani — elektr energiyasi iste’moli kun sayin oşib borişiga sabab bölmoqda. Bu esa elektr energiyasini işlab çiqariş, uzatiş va taqsimlaş tarmoqlari izçil rivojlanib borişi, yangi obektlar qurilib, mavjudlari yangilanib borilişini talab qiladi.

Özbekiston elektr energetika tarmoğidagi yuqori kuçlanişli — 110, 220 va 500 kilovolt magistral elektr uzatiş tarmoqlari uzunligi 2005 yildan 2022 yilgaça izçil oşib borgan. Taqqoslaş va tahlil uçun şuni alohida ta’kidlaş lozimki, 2005–2016 yillar davomida, ya’ni 11 yil davomida 898,8 km yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlari yangidan qurilgan bölsa, 2017–2021 yillarda, ya’ni oxirgi 5 yil davomida uzunligi 1833,2 km bölgan yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari foydalanişga topşirilgan.

Xuddi şunday ösiş dinamikasini yuqori kuçlanişli podstansiyalar soni oşib borişida ham kuzatişimiz mumkin.

Özbekiston elektr energetika balansidagi 110, 220 va 500 kilovolt kuçlanişli podstansiyalar soni 2005–2021 yillar oraliğida 17 taga köpayib, elektr ta’minotining işonçliligi oşirib borilgan. 2005–2016 yillarda, ya’ni 11 yil davomida 8 ta podstansiya qurilgan bölsa, 2017–2021 yillar davomida 8 ta yuqori kuçlanişli podstansiya foydalanişga topşirildi. Respublikaning barça viloyatlaridagi yuqori kuçlanişli podstansiyalarning quvvat ötkaziş qobiliyati birmunça yaxşilandi.

Aniqroq raqamlarga töxtaladigan bölsak, ötgan 2021 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida 125 MVA qöşimça quvvat yaratilgan bölsa, Andijon viloyatida jami 200 MVA qöşimça quvvat yaratildi. Buxoro viloyatida elektr ta’minoti işonçliligini oşirişga xizmat qiladigan modernizatsiya-rekonstruksiya işlari evaziga 128 MVA quvvat yaratilişiga erişildi.