Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bolalar orasida yangi sirli virus tarqalganini rad qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydagi shifoxonalar kasal bolalar bilan to‘lib ketganidan xavotir bildirgan edi.
Xitoyda bolalar orasida tarqalgan virusli epidemiyaga gripp, adenovirus, mikoplazma pnevmoniyasi va respirator-sinsitial virus kabi ma’lum patogenlar sabab bo‘lgan. Epidemiya qandaydir yangi virus sababli kelib chiqqani haqidagi xabarlar asossiz. Bu haqda Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi va Pekin bolalar kasalxonasining JSST so‘roviga yo‘llagan javobiga asoslanib Bloomberg xabar berdi.
Avvalroq, JSST Xitoyda bolalar orasida tarqalgan pnevmoniya epidemiyasi bo‘yicha xavotir bildirib, mamlakat rasmiylaridan vaziyat bo‘yicha ma’lumot so‘ragan edi.
Pekin bu holatlarning ko‘payishi ma’lum patogenlar bilan bog‘liqligini va bu kutilmagan emasligini aytdi.
Avvalroq, The Telegraph nashri butun dunyo bo‘ylab odamlar va hayvonlar kasalliklarining tarqalishini kuzatuvchi ProMed tashkiloti ma’lumotlariga tayanib, Xitoy shimolida bolalarda noma’lum pnevmoniya o‘choqlari paydo bo‘lgani haqida yozdi. Nashrning ta’kidlashicha, Xitoy shifoxonalari «kasal bolalar bilan to‘lib-toshgan» va pnevmoniya bilan kasallanish butun mamlakatda, shu jumladan Pekinda ham yomonlashgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.06.2026
Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past - Sanepidqo‘mita
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026