Sinovda Xitoyning Şimoli-ğarbiy politexnika universiteti va Xiʼan Tianhe Maritime Technologies kompaniyasi işlab çiqqan avtonom suv osti apparatlari iştirok etgan. Namoyiş 29-avgust kuni Ginness rekordlar kitobi vakillari kuzatuvida ötkazilgan.

TH-618 deb nomlangan dronlar sinov davomida yagona avtonom guruh sifatida harakatlangan. Dastlab operatorlar apparatlarni birin-ketin işga tuşirgan, keyin esa boşqaruv ularning bortdagi avtonom navigatsiya tizimlariga topşirilgan.

Dronlar uzunligi qariyb 500 metr bölgan basseynda oldindan belgilangan yönaliş böylab suzgan. Ular 34 daqiqa davomida harakatini özaro muvofiqlaştirgan holda taxminan 500 metr masofani bosib ötgan.

Har bir apparat belgilangan yönalişdan çiqmaslik uçun real vaqtda olinayotgan maʼlumotlardan foydalangan. Taşqi taʼsirlar dronni yönalişidan oğdirgan holatlarda tizim unga harakat yönalişini mustaqil töğrilaş imkonini bergan.

Önlab suv osti apparatlarining bir vaqtda muvofiqlaşgan holda harakatlanişini taʼminlaş har bir dronga alohida yönaliş belgilaşdan murakkabroq vazifa hisoblanadi. Suv ostida radiosignallar havodagidan boşqaça tarqaladi. Şu sababli apparatlar örtasida işonçli aloqani taʼminlaş jiddiy muhandislik muammosi bölib qolmoqda.

Şimoli-ğarbiy politexnika universiteti sinov natijasini yanada yirik avtonom suv osti tizimlarini yaratiş yölidagi ilgarilaş sifatida baholagan. Universitet yigirma yildan ortiq vaqtdan buyon suv ostida zondlaş, akustik aloqa va kameralar orqali atrofni anglaş texnologiyalari ustida işlamoqda.

Tizimdagi dronlar sonini yanada köpaytiriş uçun har bir apparat aloqa imkoniyatlari çeklangan va köriniş yomon bölgan şaroitda ham qöşni dronlarning joylaşuvini hisobga ola bilişi kerak.

TH-618 apparatining uzunligi taxminan 61 santimetr, eni 20 santimetr, oğirligi esa 5,1 kilogrammni taşkil etadi. Ixçam ölçamlari ulardan katta guruh tarkibida foydalanişga qulaylik yaratadi.

Maʼlumotlarga köra, dronlar 30 kilometrgaça masofani bosib ötişi va sakkiz soatdan ortiq işlaşi mumkin. Navigatsiya uçun kameraga asoslangan tizim qöllanadi: u apparatga atrofni tahlil qiliş va harakat yönalişini töğrilaşda yordam beradi.

Apparatlar yönalişdan oğişga sabab böladigan şaroit özgarişlariga ham javob qaytara oladi. Bu suv ostida ayniqsa muhim: oqimlar va boşqa taşqi taʼsirlar dronni asta-sekin belgilangan yöldan çetga surişi mumkin.