24-sentabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Szyan Bin Xitoy va Özbekiston örtasidagi, şuningdek, ikki davlat qurolli kuçlari örtasidagi munosabatlar döstona xarakterga ega ekanini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, tomonlar örtasidagi harbiy-savdo hamkorligining normal rivojlanişi xalqaro huquq va xalqaro amaliyotga mos keladi hamda heç qanday uçinçi tomonga qarşi qaratilmagan.

Şu tariqa, Özbekiston rasman Pokistondan keyin J-10CE samolyotlarining ikkinçi xorijiy buyurtmaçisi va operatoriga aylandi.

J-10CE samolyoti Chengdu Aircraft Corporation tomonidan işlab çiqilgan Xitoyning 4.5 avlod köp maqsadli qiruvçi samolyotining eksport versiyasi hisoblanadi. U havoda ustunlikka erişiş, şuningdek, yerdagi nişonlarga zarba beriş vazifalarini bajarişga qodir.

Samolyotlar yetkazib berilişi aslida 2026-yil avgust oyi oxirida, Özbekiston davlat televideniyesi birinçi marta milliy havo kuçlarining identifikatsiya belgilariga ega kamida oltita J-10CE qiruvçi samolyotining tasvirlarini namoyiş etganida tasdiqlangan edi. Samolyotlar Qarşi-Xonobod aviabazasida namoyiş etildi.

Özbekiston tomonidan buyurtma qilingan qiruvçi samolyotlarning aniq soni rasman oşkor etilmagan. Bitta qiruvçi samolyotning taxminiy narxi qurol-yaroğ va xodimlarni öqitişni hisobga olmaganda 40-50 million dollarni taşkil etadi.