Universitetda yangi öquv yilining ilk haftasi 4-8 sentabr kunlari “Orientation week” ya’ni tanişuv haftaligi deb belgilangan bölib, tanişuv haftaligi doirasida 20 dan ortiq ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ötkazildi.

Yangi öquv yili oçiliş marosimida Mirzo Uluğbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti rektori Çidem Turkyilmaz xonim nutq sözlab, barça yoşlarni Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar bölgan talabalarni samimiy tabrikladi. Talabalarga yangi öquv yilida yangi marralar, yuqori natijalarga erişişlarini tilab, öquv yilini rasman oçib berdi.

Tadbirda söz olgan “Silk Road Research Academy” ijroçi direktori Azamat Akbarov, Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Abror Gadayev yurtimizda sönggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sifatida bölayotgan özgarişlar haqida alohida töxtalib ötdilar.

Ma’lumot uçun hozirgi kunda Mirzo Uluğbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetida 228 nafar professor-öqituvçilar, şu jumladan önlab xorijlik mutaxassislar 7106 nafar talabalarga dars berib kelişmoqda. Joriy yilda 2441 nafar yigit-qizlar uşbu universitetda talabalik maqomiga ega böldilar. Ularning 2015 nafari kunduzgi, 360 nafari sirtqi, 62 nafari ikkinçi oliy ta’limga hamda 4 nafari magistratura bosqiçiga qamrab olindi.

Tanişuv haftaligi doirasida universitetda dastlab Mustaqillik darslaridan boşlandi. Unda fakultetlarda “Vatan ozodligi yölida şahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir” mavzusida olib borildi. Uşbu darslar Istiqlol yölida şahid ketgan ajdodlarimizning xotirasiga bağişlandi. Keyingi kunlarda haftalik doirasida “Hemis” axborot portali va kredit-modul tizimi, ilmiy hamda amaliy master-klass darslari va ma’naviy-ma’rifiy klublar taqdimotlari ötkazildi.

Taqdimotlar orasida talabalarga eng qiziqarli bölgani bu yangi öquv yilida universitet huzurida yangi taşkil etilgan “Inkubatsiya markazi” katta taassurot qoldirdi. Markaz Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-quriliş sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-416-son qarori 10-bandiga asosan taşkil etildi.