Universitetga öqişga kirganingizdan söng talaba sifatida u yerda aynan qaysi fanlarni örganişni qisman bölsa-da özingiz tanlaşingiz mumkinligini heç tasavvur qilganmisiz?

Bir vaqtlar orzu bölgan bu imkonlar endilikda respublikadagi OTM orasida birinçilardan bölib Mirzo Uluğbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetida joriy etildi. Har bir öqituvçi semestr boşida öz fani böyiça dasturini taqdim etib, unda uşbu fan nima haqidaligi, talabalar uşbu fanni örganiş natijasida amaliyotda nimalar qila olişi haqida batafsil tuşuntirib berişgandan söng talabalar özlari istagan fanni onlayn sörovnoma orqali tanlaşdi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi”ga köra, oliy ta’lim muassasalarining öquv rejalarini kredit-modul tizimiga ötkaziş mexanizmlarini işlab çiqiş va ularni bosqiçma-bosqiç mazkur tizimga ötkaziş hamda mustaqil ta’lim soatlari uluşini oşiriş, talabalarda mustaqil ta’lim oliş, tanqidiy va ijodiy fikrlaş, tizimli tahlil qiliş, tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, öquv jarayonida kompetensiyalarni kuçaytirişga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etiş, öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, bu borada öquv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallarni keng joriy etiş nazarda tutilgan.

An’anaviy universitetlar qat’iy belgilab qöyilgan öquv dasturlari asosida iş yuritadi, talabalar oldindan yozilgan barça fanlarni örganişga majbur bölişadi. Mantiqiy savol paydo böladi: öquv rejadagi barça fanlar har bir talabaning qiziqişlari, kelajak rejalariga töğri kelmasa-çi?

Zamonaviy ta’lim beradigan universitetlarda har bir talaba öz qiziqişlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallaşi va bu uçun kerakli fanlarni özi yaxşi biladi. Talabani majburlab xonada olib ötiriş mumkin, lekin uning fikr va e’tiborini xonada uşlab ötirib bölmaydi. Kredit-modul tizimida işlaydigan universitetlarning afzalligi ham – öquv dasturiga tanlov fanlarining joriy etişidir.

Tanlov darslari talabaning asosiy yönalişidan taşqari turli fanlarni özlaştiriş imkonini yaratadi, talabaga şaxsiy va professional ösişiga ham yordam beradi.