Özbekistonda Telegram, WhatsApp, Skype, Viber kabi messenjerlarning milliy muqobili işlab çiqilmoqda. Hozirda loyiha alfa-test jarayonidan ötmoqda. Ikki oy içida beta-test sinovidan ötkaziladi va keyin amalda tadbiq etiladi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri 27 oktabr kuni yangi ixtisoslaşgan "Özbektelekom" AKning "Axborot tizimlari" brifingida berilgan ma'lumotga asoslanib xabar berdi.
Brifingda filialda amalga oşiriladigan qator loyihalar haqida söz yuritildi. Bular:
- Uzphone xususiy messenjeri (Telegram, WhatsApp, Skype, Viber kabi messenjerlar muqobili)ni işlab çiqiş;
- Taşqi trafikni tejaş va TAS-IX'da grafik generatsiyasi uçun xususiy media-resurslarni rivojlantiriş;
- Bulutli ma'lumotlarni Qayta işlaş markazi (MQIM) - kompaniya mijozlariga server muhitini taqdim etiş;
- IPTV texnologiyasining kelgusidagi rivoji - interaktiv televideniye va boşqalar.
Bundan taşqari, "Axborot tizimlari" filialining amalga oşiradigan asosiy vazifalari haqida ma'lumot berildi. Demak, filial quyidagi vazifalarni bajarişni öz oldiga maqsad qilgan:
- Ma'lumotlar uzatiş tarmoği va serverlar monitoring tizimini işlab çiqiş;
- Data-markaz xizmatlarini yanada rivojlantiriş va taqdim etiş;
- Bulutli xizmatlarni işlab çiqiş, saqlaş va ma'lumotlarni qayta işlaş;
- "Internet-buyumlar" uçun ilovalarni faol rivojlantiriş;
- Tarmoq uskunalari va bevosita billing tizimlariga abonent uskunalari ulanişining boşqaruv tizimlarini işlab çiqiş;
- Korxona resurslari boşqaruv tizimlarini işlab çiqiş;
- IPTV servisini modifikatsiya qiliş va veb-saytlar vositasida interaktiv TV, Smart TV, xususiy dasturiy ta'minotga ega STB-pristavkalarini taqdim etiş.













