11 Avgust

Navoiy viloyati Zarafshon shahar prokuraturasi shahar hokimining 2021 yil aprel-may oylaridagi 59 ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan sudga ariza kiritdi.

9 Avgust

Shofirkon va Denov tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qiziltepa tumanidagi Gulbog‘ mahallasi Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi bozorlarga meva yetkazib beruvchi asosiy qishloqlardan biri hisoblanadi. Hududda yuzlab gektar bog‘lar, tokzorlar bor. Ota kasbini davom ettirayotgan yosh bog‘bon Abdujabbor Avezov uzumning eksportbop yangi navini yaratish niyatida.

6 Avgust

Navoiyda noqonuniy yo‘lovchi tashiyotgan haydovchidan pora olib ishni yopmoqchi bo‘lgan transport boshqarmasi inspektorlari ozodlikdan mahrum qilingan.

Navoiy shahridagi AGTKShda “Labo” mashinasida yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Kun.uz Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oq oltin mahallasi hududida joylashgan ayrim fermerlar ekin dalalariga o‘z vaqtida suv berilmayotganligidan norozi ekanligi, qariyb 100 ga ekin maydonidagi g‘o‘za suvsizlikdan nobud bo‘layotgani haqida maqola e'lon qilgandi. Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maqolaga munosabatida  fermerlarga suv berilganini bildirdi.

5 Avgust

2021 yilning 6 oyi davomida Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasiga fuqarolardan 276 ta murojaat kelib tushgan. Ularning qariyb 100 tasi ko‘chmas mulk obektiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida. Bu haqda Kun.uz’ga boshqarma axborot xizmati ma'lum qildi.

4 Avgust

Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oq oltin mahallasi hududida joylashgan ayrim fermerlar ekin dalalariga o‘z vaqtida suv berilmayotganligidan norozi. Ba'zi dalalarda g‘o‘za suvsizlikdan nobud bo‘lish arafasida.

Navoiy shahrida monomarkaz ishga tushdi. Unda 32 ta yo‘nalishda kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish kurslari tashkil etildi.

3 Avgust

Navoiy viloyatida joriy yilning yanvar-iyun oylarida 124 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shuning 39 tasi inson o‘limi bilan bog‘liq. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubov 2 avgust kuni o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

2 Avgust

Navoiyda avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top