Kun.uz Navoiy viloyati Xatirçi tumanining Oq oltin mahallasi hududida joylaşgan ayrim fermerlar ekin dalalariga öz vaqtida suv berilmayotganligidan norozi ekanligi, qariyb 100 ga ekin maydonidagi ğöza suvsizlikdan nobud bölayotgani haqida maqola e'lon qilgandi. Quyi Zarafşon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasining maqolaga munosabatida  fermerlarga suv berilganini bildirdi.

Ta'kidlanişiça, maqolada keltirilgan holatlar Quyi Zarafşon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi va Xatirçi tumani irrigatsiya bölimi mutaxassislari tomonidan joyiga borib örganilgan.

Xatirçi tumani irrigatsiya bölimi boşliği Navröz Mirzayevga köra, Oq oltin hududidagi 9 ta fermer xöjaligining ekin maydonlari Tos kanalidan suv oluvçi “Oq oltin” nasosiga boğlangan. Uşbu fermer xöjaliklarining ekin maydonlari tasdiqlangan limit böyiça navbat asosida iyun va iyul oylarida ikki marta suğorilgan.

“1 avgustdan boşlab, hududdagi fermer xöjaliklari özlarining ekin maydonlarini navbat asosida uçinçi marta suğorişni boşlagan. Nomlari keltirib ötilgan “Mirabbos Mirjalol”, “Hasan-Husan botirlar”, “Şaxriyor loçin”, “Toştemir Şuhrat”, “Şoxsuvor” fermer xöjaliklarining paxta maydonlari 5 avgust holatiga deyarli suğorib bölingan. Mutaxassislar fermerlar bilan suhbatlaşib, ularga bu yil suv tanqis ekanligini, şu bois tumanning barça iste'molçilariga navbat bilan yetkazib berilayotganligini tuşuntirdilar”, — deyiladi boşqarma munosabatida.