Zarafşon hokimligi rasmiy Telegram kanalida şahar hududida 200 ga yaqin yengil konstruksiyali xizmat körsatiş şoxobçalarini taşkil etiş rejalaştirilgani haqida e'lon bergan. Murojaat qilgan 59 nafar fuqaroga 2021 yilning aprel-may oylarida hokim farmoyişi asosida xizmat körsatiş şoxobçalarini örnatiş uçun vaqtinça yer uçastkalari taqdim etilgan.

Kun.uz manbasiga köra, yer uçastkasi taqdim qilingan fuqarolar belgilangan xizmat körsatiş turlari böyiça tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun harakatni boşlab yuborişgan hamda bugungaça ayrimlari 30-40 million sömgaça harajat qilişgan. Ayrimlari poydevor qurgan, ba'zilari yengil konstruksiyali inşootga buyurtma bergan. Ammo bugunga kelib ular qilgan harajatlariga kuyib qolmoqda.




Gap şundaki, viloyat prokuraturasi 2021 yil 7 iyul kuni hokimlikka mazkur farmoyişlarni bekor qiliş töğrisida protest kiritgan.


Hokimlik esa prokuratura protestini rad etgan.Şundan söng, 2021 yilning 24 iyul kuni Zarafşon şahar prokuraturasi Navoiy tumanlararo ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, şahar hokimining yuqoridagi farmoyişlarni qabul qilişdagi xatti-harakatini ğayriqonuniy, farmoyişlarni esa haqiqiy emas deb topişni söragan.















