Gulboğ mahallasida öz nomi bilan serhosil boğlar bisyor. Hududda yaşovçi aholining asosiy daromadi boğdorçilikdan. Şu bois qişloqning qay tomoniga qaramang, mevali daraxtga, tokzorlarga közingiz tuşadi.

Yoş boğbon Abdujabbor Avezov ham 1 gektar maydonda tokzor taşkil etib, uzumçilikning ketidan rözğor tebratmoqda. U uşbu sohada tajriba töplab, yangi nav yaratişni maqsad qilgan.
“Farğona viloyatining Oltiariq tumanidan ustoz topib, ulardan uzumning eksportbop navlarini keltirib ötqazganman boğimga. Şuningdek, Samarqanddan “Söğdiyona” navini keltirganman. Uşbu navning mayizi juda xaridorgir böladi, kilogrammini 300 ming sömgaça sotiş mumkin. Uzumçilikka şunçalik qiziqamanki, hatto toklar bilan “gaplaşadigan” böldim. Har yili 6-7 tonna mayiz qilamiz. Rizamat ota Musamuhamedov “Rizamat” navini meros qilib qoldirgani kabi men ham uzumning eksportbop navini yaratişni maqsad qilganman”, — deydi yoş boğbon.

Abdujabbor 2019 yili Navoiyda ötkazilgan uzum sayilida özi yetiştirgan mahsulotlar bilan iştirok etib, ğoliblikni qölga kiritgan. U boğidan ötgan yili 200 mln söm daromad qilgan. Joriy yilda esa yanada köproq daromad qilişni közlab turibdi. Çunki u viloyatda birinçilardan bölib Samarqanddan uzumning “Söğdiyona” navini keltirib, xöraki bölmagan toklarga payvand qilgan. Ta'kidlaşiça, hozirda bitta tok 10 kilogrammgaça hosil bermoqda.

Hududdagi ustoz boğbonlardan biri Lutfullo Rahimov hisoblanadi. U bugungi kunda “Abdukarim Çinnigul” fermer xöjaligini taşkil etib, 20 gektarga yaqin boğda meva yetiştirib kelmoqda. Şundan 4 gektari olmazor. Har mavsumda içki bozorga 60-70 tonna, eksportga 30-40 tonna uzum yetkazib bermoqda. Boğbonning aytişiça, bahorda kuzatilgan sovuq ob-havo boğdorçilikka ham öz ta'sirini ötkazgan.
“Har yili gektaridan 20-25 tonna hosil oladigan bölsak, bahordagi sovuq tufayli joriy yilgi hosildorlik 10 tonnaga tuşib qoldi. Çunki biz 21 mart kuniga qadar toklarni oçib, boğlab bölgandik. Şuning hisobiga sovuq ta'sir qildi. Albatta, tabiatga heç kim tösqinlik qilolmaydi. Ammo mehnat qilgan odam baribir mehnatining samarasini köradi. Qolaversa, hosildan uşur beriş kerak. Şu uşurni imkoniyatga yaraşa beramiz. Bermasangiz hosil bölmaydi, yaşaş bölmaydi, soğlik bölmaydi. Bu ham kerak. Çunki xalqqa qilganing özingga qilganing — vatanga qilganing. Bu oliyjanob iş aslida”, — deydi Lutfullo Rahimov.















