Navoiy şahrida monomarkaz işga tuşdi. Unda 32 ta yönalişda kasbga tayyorlaş, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni örgatiş kurslari taşkil etildi.
Markazning oçiliş marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov iştirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.



Ma'lumki, bugungi kunda köplab vatandoşlarimiz çet davlatlarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ammo ular xorijiy tillarni bilmaslik tufayli ayrim hollarda qiyinçiliklarga duç kelişyapti.
Ta'kidlanişiça, monomarkazda dunyo mehnat bozoriga xorijiy tillarni, jumladan, yapon tilini biladigan mutaxassislar ham tayyorlanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga köra, monomarkazda 3 oy öqib olingan diplom 3 yil kasb-hunar maktablarida öqib olingan diplom bilan bir xil darajaga ega. Bu esa kasb-hunar örganuvçilarning ham vaqti, ham xarajati tejalişida muhim ahamiyat kasb etadi.



Monomarkazlarning taşkil etilişiga fuqarolarni kasb-hunarga örgatiş orqali işsizlikni kamaytirişda samarali yeçim, deya qaralmoqda.











