
: Bentley kompaniyasi rahbariyati hajmi va konsepsiyasiga köra BMW X6 maşinasiga yaqin Bentayga oilasiga mansub krossover yaratiş ğoyasini körib çiqmoqda. Bu haqda kompaniya boş muhandisi Rolf Freç
naşriga ma'lum qildi. Yangi maşina haqida heç qanday tafsilotlar oşkor qilinmagan. Krossover Continental GT oilasi maşinalari bilan bitta platmormada yuzaga kelişi mumkin. Ikkala yangilikning asosini Volkwagen’ning MSB modul şassisi taşkil etadi. Bentley tarixidagi birinçi yöltanlamaslar silsilasi 2016 yilda keng jamoatçilikka taqdim etiladi. Yangi Bentayga W12 tvin-turbo agregati bilan ta'minlanadi, bu unga öz segmentining eng tez vakiliga aylaniş imkoniyatini beradi. Bundan taşqari, kuç qurilmasi tarkibiga 8 litrli benzin dvigateli va gibrid motor kiradi. Keyinçalik maşinaning dizelli modifikatsiyasi yaratilişi mumkinligi aytilmoqda. Kompaniya yiliga 3 ming dona yangi rusumdagi yöltanlamas sotişni rejalaştirmoqda. Maşina narxi 190 ming dollarni taşkil etişi kutilmoqda. Kompaniya rasmiylarining ma'lum qilişiça, Bentayga uçun allaqaçon 4 ming buyurtma qabul qilib olingan.







