c5c95158d44ee2ae390a3c3d6bd2e7f8_L

Avstriya poytaxti Vena şahrida 29-30 aprel kunlari Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda Ekologik harakat Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasi mas'ul xodimlaridan taşkil topgan Özbekiston delegatsiyasi xalqaro suv huquqi masalalari yuzasidan ötkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tegişli idoralari yuqori mansabdor şaxslarining ikkinçi uçraşuvida iştirok etdi. Özbekiston TIV matbuot xizmati

xabariga köra

, uçraşuv davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transçegaraviy suv resurslarini boşqariş sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyil va me'yorlarini amaliy tadbiq qiliş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça BMT mintaqaviy markazi tomonidan taşkillaştirilgan tadbirda BMT institutlari, Jahon banki, Orolni qutqariş Xalqaro Fondi va boşqa xalqaro taşkilotlarning vakillari ham iştirok etdilar.