main_4501

Kun.uz

: Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida Yevropa Ittifoqiga gaz eksport qiliş böyiça tört tomonlama uçraşuv

bölib ötdi.

Uçraşuv yakunlariga köra, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya va Yevropa Ittifoqining energetik xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan amaliy mexanizmlarni yaratiş masalalari böyiça xalqaro taşkilotlar doirasida faol hamkorlikni davom ettirişga intilişlarini tasdiqlovçi deklaratsiya tasdiqlandi. Imzolangan hujjatda Turkmaniston tabiiy gaziga baho beriş közda tutilgan. Tomonlar Turkmanistondan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça korporatsiya taşkil etiş masalalari böyiça işçi guruhni tuzişga kelişib oldilar. Uçraşuvda Turkmaniston prezidentining neft va gaz masalalari böyiça yordamçisi Boymurod Xojimuxammedov, Turkiya Energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Tonar Yildiz, Ozarbayjon Energetika vaziri Natig Aliyev va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Maroş Şefçoviç iştirok etdi. Avvalroq Maroş Şefçoviç Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan muzokaralari natijasiga köra Turkmaniston televideniyesiga Yevropa 2019-2020 yillarda Kaspiyböyi mintaqasidan tabiiy gaz yetkazib berilişi boşlanişini istayotganini ma'lum qilgandi.

uy