340047

Kun.uz: Futbol böyiça Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem özining 40 yillik tavallud ayyomini Marokaşdagi serhaşam villada nişonlaydi, deb xabar bermoqda SkyNews telekanali.

Yarimhimoyaçining yubileyiga uning oilasining yaqin dösti hisoblangan maşhur aktyor Tom Kruz taşrif buyurişi kutilmoqda.

Aynan şu villada 2014 yilda Devid rafiqasi, Spice Girls guruhining sobiq ijroçisi Viktoriya Bekxem bilan turmuş qurganlarining 15 yilligini nişonlagan edi. Bu juftlik 1999 yilning 4 iyulida turmuş qurgan. Ularning Bruklin Jozef, Romeo Jyeyms, Kruz Devid ismli 3 nafar öğil va Xarper Seven ismli qiz farzandlari bor.