
: Buyuk Britaniya taxti vorisi şahzoda Uilyam va Kembrij gersoginasi hisoblanadigan Keyt Middlton oilasida yangi qiz çaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Kensington saroyining rasmiy tvitteri
Xabar qilinişiça qizçaning vazni 3,7 kg böldi. Qayd qilinişiça, şahzoda Uilyam tuğruq vaqtida malikaning yonida bölgan. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda. Bu ma'lumotni qiroliça Elizaveta II, Edinburg gersogi, Uels şahzodasi, şahzoda Garri va qirollik xonadonining boşqa a'zolari tasdiqlaşgan. Malika özining ikkinçi farzandini Londonning Avliyo Mariya şifoxonasining Lindo Wing xususiy klinikasidan ikki mildan kamroq masofada joylaşgan Kensington saroyida dunyoga keltirdi. Bu klinikada juftlikning birinçi farzandi Jorj tuğilgan. Bir neça hafta oldin şifoxonaning çap qismida maşinalar töxtaşi taqiqlab qöyildi hamda telekameralar va fotosuratçilar uçun joylar taqsimlanib, çiziqlar tortib çiqildi. Şuningdek, OAV vakillari uçun maxsus tösiqlar örnatildi. Yana ikkita britan şifoxonasi – Redingdagi Royal Berkshire va Kings-Linndagi Queen Elizabeth şifoxonalari çaqaloqni qabul qiliş uçun töliq tayyorgarlik holatiga keltirildi.







