
: Ozarboyjon çempionatida qatnaşuvçi "Semurğ" jamoasi futbolçilari rahbariyatdan noroziligini antiqa yöl bilan ifodalaşdi. 32-tur doirasida Boku şahrining "Inter" jamoasiga qarşi öyin boşlanişi bilanoq, ança vaqtdan beri maoş olmagan futbolçilar öynaşni istamayotganlari ifodasi sifatida maydonga ötirib olişdi. Xuddi şu vaqt davomida zaxira futbolçilari ham örindiqdan turib, yerga ötirişgan. Bu jamoa öyindan oldin maoşlari öyin kunigaça ham berilmasa, şunday iş qilişni rejalaştirişayotganini e'lon qilişgan edi. Futbolçilar maydonda ötirişgan vaqtda, raqib vakillari maydonning ikkinçi qismida bir-birlarga töp uzatib, raqib tomonga ötmagan holda öynaşgan.







