980629166

Kun.uz: Özbekiston hukumati 2017 yilning oxiriga qadar OIV bilan kasallangan bemorlar sonini 50 foizga qisqartirmoqçi. Bu haqda 1 mayda bölib ötgan respublikamiz hukumati va BMTning Mingyillik rivojlaniş maqsadlariga erişiş böyiça berilgan hisobotda aytilmoqda.

2014 yil sentabrda Özbekistonda hukumat tomonidan OIV-infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşga qaratilgan uç yillik davlat dasturi tasdiqlangan. Qiymati 20 mln dollarni taşkil qiladigan uşbu dasturda OITSning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar, OITSga qarşi kuraşiş markazlari va davolaş-profilaktika muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahamlaş közda tutilgan.

“Milliy strategiyaga köra, 2017 yilning oxiriga qadar jinsiy va parenteral yöl bilan yuqtirilgan OIV holatlari sonini 50 foizga qisqartiriş möljallangan”, – deyiladi bayonotda.

Bayonot ma'lumotlariga köra, Özbekistonda OIV-infeksiyasi tarqaliş sur'atlari 2009 yilda qayd qilingan yuqori körsatkiçlardan keyin pasayişni boşlagan. Öşa yili 4 mingga yaqin şunday holat qayd etilgan edi. Biroq 2013 yilda eng yuqori darajadagi körsatkiç – 4247 ta OIV bilan kasallanganlik holati qayd qilingan. Bu asosan xorijda işlab qaytgan mehnat muxojirlari orasida OIV bilan kasallanganlar hisobiga yuqori bölgan. 2013 yilda bunday toifadagi aholi vakillari orasida OIV bilan kasallanganlar soni 418 tani taşkil qilgan. Bayonotda giyohvandlar va yangi tuğilgan çaqaloqlar orasida OIV bilan kasallanganlar soni kamaygani ijobiy natijalar sifatida körsatilgan. 2007 yilda giyohvandlar orasida bu körsatkiç 13 foizni taşkil qilgan bölsa, 2013 yilda bu körsatkiç 7,3 foizni taşkil qilgan. 18 oylikdan katta bolalar umumiy sonidan OIV bilan kasallangan çaqaloqlar soni 2007 yildagi 3,9 foizdan 2013 yilda 0,8 foizgaça qisqargan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 31 mln aholiga ega bölgan Özbekistonda ayni paytda 27,5 ming nafar OIV bilan kasallangan bemorlar qayd qilingan. Ulardan 75 foizi antiretrovirus terapiya bilan kamrab olingan.