
Kun.uz: Özbekistonda onalik ölimi 2001 yildan hozirgi kungaça uç marta kamaygan. Bu haqda 1 mayda bölib ötgan Özbekiston hukumati va BMTning Mingyillik rivojlaniş maqsadlariga erişiş böyiça berilgan hisobotda aytilmoqda.
2009-2013 yillarda Özbekistonning 227 ta tuğruqxonasi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi, yetti viloyatda yangi markazlar yaratildi.
Hisobotga köra, Özbekistonda onalik ölimi koeffitsiyenti 2001 yildagi 100 ming tuğruqqa 34,1 ta holatdan 2013 yildagi 20,0 holatgaça kamaygan.
Homilador ayollarning homiladorlikning birinçi 12 haftasida tuğruqqaça parvariş bilan qamralganligi 2002 yildagi 87,9 foizdan 2013 yilda 89,5 foizgaça kötarilgan. Tuğruq paytida qon ketiş (44 foiz), yuqumli kasalliklar (10 foiz) va keçki toksikozlar (6 foiz) hamon onalik ölimining asosiy sabablari bölib qolmoqda.
Hisobotda kontratseptiv vositalardan foydalaniş darajasi ösişi bilan abortlar soni 2002 yildagi ming tuğruqqa 8,7 holatdan 2013 yildagi 4,3 holatgaça kamaygani aytilmoqda. Ijtimoiy tadqiqotlar instituti bergan ma'lumotlarga köra, 2013 yilda homilador bölişdan saqlaydigan vositalardan foydalaniş körsatkiçi şahar va qişloq joylarida deyarli bir xil bölgan.
“Onalik ölimining kamayişi onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimining moddiy-texnik bazasining yaxşilanişi, tuğruqgaça kuzatuv bilan qamranganlikning oşişişi, perinatal xizmatlar olişning yaxşilanişiga kömak berdi”, – deb aytmoqda hisobot mualliflari.







