
: Xalqaro şaxmat federatsiyasi FIDe dunyo şaxmatçilarining may oyi uçun yangi reytingini e'lon qildi. Mamlakatimizning birinçi raqamli şaxmatçisi Rustam Qosimjonov aprel oyidagi örniga nisbatan 3 poğona kötarilib, 35-örinni
. Ötgan haftada Angliyadagi turnirda ğolib bölgan 20 yoşli özbek grossmeysteri Jahongir Vohidov 11 poğonaga kötarilgan. Dunyo şaxmatçilari reytingini hamon amaldagi jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen boşqarişda davom etyapti. Karlsen ötgan hafta Ozarbayjonning Şamkir şahrida yakunlangan Vugar Gaşimov xalqaro xotira turnirida boş mukofotni qölga kiritgan edi. ERKAKLAR. TOP-10 Magnus Karlsen (Norvegiya) 2876, Vişvanatan Anand (Hindiston) 2804, Fabiano Karuana (Italiya) 2803, Xikaru Nakamura (AQŞ) 2799, Veselin Topalov (Bolgariya) 2798, Aleksandr Grişuk (Rossiya) 2780, Uesli So (AQŞ) 2778, Vladimir Kramnik (Rossiya) 2777, Aniş Giri (Gollandiya), Levon Aronyan (Armaniston) - 2776. ÖZBeKISTON: TOP-10 GM Rustam Qosimjonov 2715 (+3), GM Anton Filippov 2591, GM Jahongir Vohidov 2535 (+11), GM Marat Jumayev 2505, (+3) GM Mixail Saltayev 2495 (+5), GM Saydali Yöldoşev 2471, FM Nodirbek Abdusattorov 2465, GM Aleksey Barsov 2462, GM Tohir Vohidov 2445, IM Jörabek Hamroqulov 2436. AYoLLAR. TOP-10 Xou Ifan (Xitoy) 2686, Yudit Polgar (Vengriya) 2675, Xampi Koneru (Hindiston) 2589, N.Dzagnidze (Gruziya) 2570, A.Muziçuk (Ukraina) 2549, Tszyuy Ventszyun (Xitoy) 2545, V.Gunina (Rossiya) 2535, V.Çmilite (Litva) 2534, A.Kostenyuk, Ye.Lagno (Rossiya) - 2530. ÖZBeKISTON. TOP-10 WGM Nafisa Möminova 2318, WFM Gulruhbegim Tohirjonova 2294, WFM Bahora Abdusattorova 2234, WIM Sarvinoz Qurbonboyeva 2233, WFM Irina Gevorgyan 2185, Sevara Boymurodova 2174, Nodira Nodirjonova 2150, WFM Xulkar Tohirjonova 2150, WIM Olga Sobirova 2116, Maftuna Mamatqulova 2026.







