
Kun.uz: Tatariston yetakçisi Rustam Minnixanov Turkish Airlines aviakompaniyasi hamkorlikni jadal rivojlantiriş uçun Tataristonga aviareyslar sonini köpaytirişini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Minnixanovning aytişiça, hozirda haftasiga yettita aviareys kamlik qilmoqda. “Tatariston va Turkiya örtasida reyslar sonini ikki marta köpaytirişga barça şaroitlar mavjud”, – deb Turkish Airlines boş direktori Temel Kotil bilan uçraşuv natijalariga köra ta'kidlab ötdi Minnixanov.
Tatariston rahbari Tatariston “Anqara, Antaliya va Turkiyaning boşqa şaharlariga qöşimça reyslarga ehtiyoj sezmoqda” – deb aytdi.







