
: Madridning “Real” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Primeraning 35-turida “Sevilya”ga qarşi uçraşuvda raqib darvozasiga uçta gol urib, ispan ligasining barça vaqtlar davomidagi eng yaxşi töpurarlari röyxatining 7-öriniga kötarilib oldi. Endi portugaliyalik futbolçi hisobida 219ta gol bor, u bu körsatkiç böyiça 1970-80-yillarda “Sporting” va “Barselona” tarkibida töp surgan Kini Gonsales bilan tenglaşib oldi. Bu natijaga erişiş uçun Ronalduga Kinidan köra ança kamroq öyin ötkazgan. Ya'ni Ronaldu 197ta, Gonsales esa 448ta öyinda 219ta gollik natijani qayd etgan. Hozirda Ronaldudan bu borada Lionel Messi (“Barselona”, 273 ta gol, faoliyatini davom ettirmoqda), Telmo Zarra (251ta gol), Ugo Sançes (234 ta gol), Raul (228ta gol), Alfredo di Stefano (227ta gol) va Sezar Rodriges (223ta gol) kabi futbolçilar yaxşiroq natijalarga ega hisoblanadi.







