Stiv Jobsning fikriga köra boşqa odamlar köra olmagan, sezmagan narsalarni köriş va his etiş bu alohida qobiliyat hisoblanadi. Bugun siz bilan Stiv Jobsning ana şunday alohida iste'dod sirlari haqida suhbatlaşamiz.

Yaqindagina qahramonimiz haqida hikoya qiluvçi "Becoming Steve Jobs" nomli kitob naşrdan çiqdi. Unda mualliflar Jobsning hayoti haqida eng yangi va noan'anaviy ma'lumotlarni keltirişgan. Ular orasida hatto heç qayerda tilga olinmaganlari ham bor. 

Ular orasida kişi e'tiborini tortgani Tim Kukning Jobsga öz buyragini beriş taklifiga rad javobini olgani böldi. Jobs heç qaçon bu taklifni qabul qilmasligini takror va takror bildirgan. Köpçilik bunga sabab qilib Jobs buddizm diniga e'tiqod qilişi va uşbu dinda insonning biror a'zosini köçirib ötkaziş gunohligini körsatişdi. Biroz vaqtdan söng, Stiv Tim Kukning taklifiga rozi böldi va operatsiya qilindi.

Hozirgaça nega Stiv Jobs bu taklifga nega rad javob berganining asl sababini heç kim bilmaydi. Zero Jobs tez-tez ruhiy zarbalarni yengiş va  fikrlaş qobiliyatini ravşanlaştiriş borasida tibbiy tavsiyalar bilan şuğullanib turadi.

Biograf Uolter Ayzekson Jobs haqida şunday deydi: 

"Agar faqat jim turib, kuzatib tursang, sening fikrlaring mutlaqo çegarasiz ekanligini körasan. Agar uni töxtatişga urinsang oqibati yomon böladi. Umuman olganda fikrlar va öylar vaqti kelib öz holiga tinçlanadi, zero sen uni jilovlaşni  örganasan. Bu paytda esa sening his-tuyğularing özgaradi va atrofga boşqaça nazar bilan qaray boşlaysan".

Jobs uzoq yillar davomida buddist va taoistlar amallarini tibbiy körinişda tasvirlaşga harakat qilgan. U meditatsiya jarayonini şunçalar ommalaştirib yubordiki, hatto eng maşhur "Target", "Google" va "Ford" kabi kompaniyalar ham öz hamkorlarini bu yönalişdagi ta'lim olişni asosiy öringa qöydi.

Inc.com sayti jurnalisti va muharriri Jyeffri Jyeyms Ctiv Jobs bilan uning ölimiga qadar bu mavzuda suhbatlaşgan. Uning sözlariga köra Jobs quyidagi qoidalarni doimo ta'kidlagan: 

  • Köproq tinç va sokin, oçiq havoli joylarda bölişga – harakat qiling. Boşingizga yostiq oling va özingizga qulay maskan yarating. Toza havodan töyib-töyib nafas oling.