
Kun.uz: Google kompaniyasi Chrome brauzeri uçun foydalanuvçinining paroli fişing oqibatida öğirlangan taqdirda uni bu haqda xabardor qiluvçi kengaytma çiqardi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
“Password Alert” deb nomlanuvçi bu kengaytmaning ta'rifida foydalanuvçi özining Google xizmatlari uçun parolini accounts.google.com domenidagi sahifadan boşqa bir joyda kiritmoqçi bölgan har bir vaziyatda unga xabar yuborilişi aytilgan.
Bundan taşqari, dastur taşrif buyurilgan sahifalarning HTML-kodini tahlil qilib, ular Google’dan röyxatdan ötiş şakli ostida işlaşga harakat qilayotganini aniqlaşga harakat qiladi.
Google’da foydalanuvçining paroli saqlanmasligini aytişmoqda. Google akkauntida avtorizatsiya kengaytmasi örnatilgan lahzadan boşlab dastur parol "piktogrammasi"ni yaratadi va har gal bu piktogrammani foydalanuvçi boşqa istalgan saytda kiritmoqçi bölgan parol bilan soliştiradi.
Foydalanuvçilar bu kengaytma haqida bildirgan fikrlarida u haqiqatda işlaşini aytmoqda.
The Verge’ning ta'kidlaşiça, dasturning muammosi şundaki, foydalanuvçi fişing şaklda röyxatdan ötişga harakat qilgandan keyin öz parolini yovuz niyatli kimsalar qöliga topşirib qöygandan keyingina parolning öğirlangani haqida xabar beradi. Aks holda dastur barça bosilgan tugmalarni kuzatuvçi klaviatura josusi sifatida işlagan bölardi, bu esa xavfsizlik uçun yanada köproq xatar solgan bölardi.







