11420067-large

Kun.uz

: Kremniy vodiysidagi texnologik kompaniyalar faqat yoş mutaxassislarni işga yollaşni ma'qul köradi, degan keng tarqalgan tuşunça mavjud. Köpçilik kuzatuvçilar hattoki yoş böyiça kamsitiş mavjudligini ham ta'kidlaşmoqda.

Google

’ning HR-departamenti (xodimlar bilan işlaş departamenti) rahbari bu fikrga qöşilmayapti.

Stack Overflow

sayti ma'lumotlariga köra, IT-kompaniyalardagi xodimlarning örtaça yoşi 28 yoşni taşkil qiladi. Bu körsatkiçning özigina işga olişda yoş böyiça kamsitiş haqidagi ayblovlarga mos keladi. Qolaversa, New Republic naşri texnologiya industriyasining yangi trendi bölib botoks inʼeksiyasidan foydalaniş bölayotganini aytmoqda, undan hattoki yoşi 30dan pastroqlar ham foydalanmoqda. Bu jarayonlardan asosiy maqsad yoşroq köriniş hisoblanadi. Google kompaniyasining HR-direktori Lazlo Bok esa bunday ayblovlarni inkor etmoqda. Reddit saytida savol-javob tarzida ötgan sessiyada Bok işga olişda yagona mezon bu avval erişilgan natijalar hisoblanişini aytdi. Bok yoş böyiça kamsitişning mavjud emasligiga misol tariqasida Google’dagi eng keksa xodimning yoşini keltirib ötdi. “Google istalgan yoşdagi odamlarni işga oladi. Bizning eng keksa yoşdagi xodimimizning yoşi saksondan oşib ketgan! Işga olişda asosiy mezon sizning avvalgi iş tajribangiz hisoblanadi”, deb aytdi Bok. Kompaniyaning eng keksa xodimining ismi aytilmadi. Bu bayonot floridalik Robert Xit ismli 64 yoşli dasturçi Google’ga qarşi bergan sud da'vosiga javoban aytilgan. Xit kompaniyani yoş belgisi böyiça kamsitişda ayblab çiqqandi.

xab-4