
Kun.uz: Özbekiston Xalqaro poçta ittifoqining (UPU) törtta hujjatiga qöşildi. Bu borada Özbekiston prezidenti Islom Karimov 2015 yilning 27 aprel kuni “Xalqaro şartnomalarga qöşiliş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, Özbekiston Xalqaro poçta ittifoqining umumiy reglamentiga, Xalqaro poçta konvensiyasiga, Xalqaro poçta konvensiyasining yakuniy bayonnomasiga va poçta pullik xizmatlari böyiça kelişuvga qöşiladi. Bu hujjatlarning barçasi 2012 yilning 11 oktabrida Doxada imzolangan. Özbekiston rahbari taşqi işlar vaziriga Xalqaro poçta ittifoqi Xalqaro byurosi boş direktoriga belgilangan tartibda Özbekistonning tilga olib ötilgan şartnomalarga qöşilgani töğrisida xabarnoma yuborişni topşirdi.







