1028553309

Kun.uz

: Tailandning janubida joylaşgan Songkla viloyatida odam savdogarlari lagerida Myanma va Bangladeşdan kelgan 800 nafardan ortiq kişi tutqunlikda uşlab turilgan. Şuningdek, uşbu lager örnida ommaviy qabr topilgan. Bu haqda

Bangkok Post

naşri xabar bermoqda. Avvalroq politsiya 26 nafar muhojirning jasadi eksgumatsiya qilinganini ma'lum qilgandi. Lager haqida batafsil ma'lumotni Tailand xavfsizlik kuçlari lagerni qölga olişmoqçi bölganda lagerdan qoçib ketişga muvaffaq bölgan 14 va 17 yoşli ikki asir ösmir aytib berdi. Ösmirlarning aytişiça, ular lagerda 8 oydan berib uşlab turilgan. Hammasi bölib bu lagerda Myanmaning Arakan ştatida yaşovçi roxinja millatiga mansub 800 dan ortiq muhojir uşlab turilgan. Barça asirlar lagerga xavfsizlik kuçlari bostirib kirganlarida lager taşkilotçilari tomonidan tarqatib yuborilgan. Qabrdan jasadlarni kovlab olişda işlagan 100 dan ortiq kriminalistlar marhumlar oxirgi oylarda turli sabablar, asosan oçlikdan vafot etgan, degan umumiy xulosaga kelgan. “Lagerda özining keyingi harakatlanişi uçun pul tölay olmaganlar uşlab turilgan. Xöjayinlarga bizning tirik yoki ölik bölişimizning farqi yöq edi. Bizga kamdan-kam hollarda ovqat berişardi, yuvinib olişga duş ham yöq edi, kasallar esa ölimga mahkum edi”, deb aytdi qabrlardan biridan tirik holda topilgan Anuzar ismli asir. U lagerni 8 nafar jinoyatçi boşqargani, ular orasida roxinja va malay millatiga mansub şaxslar bölganini ma'lum qilgan. Roxinja millati vakillari bölmiş bengaliyalik musulmonlar Myanmaning Arakan ştatini myanmalik buddistlar bilan diniy töqnaşuvlar oqibatida hamda mehnat muhojirlari sifatida ommaviy ravişda tark etmoqda. Pul evaziga muhojirlarning harakatlanişini roxinjalarni Tailandga va undan keyin dengiz orqali Janubi-şarqiy Osiyoning musulmon davlatlariga olib ötişni taşkil qiluvçi noqonuniy guruhlar ta'minlaydi. Köpinça muhojirlar bilan tölib-toşgan qayiqlar suv ostiga ğarq bölib, yuzlab odamlar yölda halok böladi.

xab-2