
Kun.uz: Save the Children xayriya taşkiloti jahon mamlakatlarining onalik uçun yaratilgan şaroit va qulayliklar böyiça reytingini e'lon qildi. Reyting natijalari taşkilotning saytiga joylaştirildi. Ta'kidlanişiça, uşbu yillik reyting 16-marta tuzilişi. Reyting tuziş uçun olib borilgan tadqiqot doirasida 179 mamlakat körsatkiçlari tahlil qilingan. Röyxatning dastlabki uç poğonasini Norvegiya, Finlyandiya va Islandiya egalladi. Oxirgi öringa esa Somali munosib körildi. Rivojlangan davlatlar içida eng yomon natijani AQŞ qayd qildi – 33-örin. Şuningdek, Rossiya 56-örinni egalladi. Özbekiston joriy reytingda 118-öringa munosib körildi. Qöşni davlatlarning körsatkiçlari quyidagiça: Qozoğiston – 58-örin, Turkmaniston – 99-örin, Qirğiziston – 107-örin, Tojikiston – 127-örin, Afğoniston – 152-örin, MDH davlatlari içida eng yuqori poğonani Belarus zabt etdi – 25-örin. Bundan taşqari, Ukraina 69, Ozarbayjon 90, Armaniston 103-örinni egalladi.







