
Kun.uz: Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Dmitriy Mezentsevning RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta'kidlaşiça, taşkilotni kengaytirişning huquqiy-me'yoriy bazasi şakllantirilgan, şu bois taşkilotga yangi davlatlarning, jumladan, Hindiston va Pokistonning a'zo bölişi tez orada amalga oşişi mumkin. Ötgan yili Duşanbeda bölib ötgan ŞHT sammitida prezident Vladimir Putin Rossiya taşkilotga raislik qilişi davrida unga bir qator yangi davlatlarni, jumladan, Hindiston va Pokistonni qöşiş böyiça iş olib borişini ma'lum qilgan edi. Endilikda, Mezentsevning sözlariga köra, bu boradagi huquqiy işlar yakuniga yetgan, va yangi davlatlarni taşkilot tarkibiga qabul qiliş heç qanday qiyinçilik tuğdirmaydi. “Hindiston va Pokiston böyiça qaror qabul qilinişiga umid qilaman. Bu taşkilotning salohiyatini oşiradi, ŞHTning mintaqadagi nufuzini kuçaytiradi hamda uning mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar yeçimida faolroq iştirok etişiga zamin yaratadi”, - ta'kidlab ötdi taşkilot boş kotibi.







