article15718-1-640x420

Toşkentda 11 may kuni “OAV mustaqilligining mustahkamlanişi – söz va axborot erkinligi kafolati” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötadi. Bu haqda 12news.uz

xabar bermoqda

. Konferentsiya işida 30dan ortiq milliy davlat idoralari va jamoat taşkilotlari va 20dan ortiq xalqaro taşkilotlar va xorijiy elçixonalarning 100dan ortiq ekspertlari, şuningdek, mamlakatning barça hududlaridan taşrif buyurgan 50dan ortiq OAV vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Tadbir Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasi, YeXHT va YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi, K. Adenauer fondining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi va boşqalar bilan hamkorlikda Özbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilmoqda. Konferentsiyadan közlangan maqsad – OAV mustaqilligi, xususan, iqtisodiy mustaqilligining asosiy yönalişlari va uni yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qilişdan iborat.