
: Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Milliy bankining raisini özgartirdi hamda bu lavozimga bungaça Respublika Jamğarma bankiga boşçilik qilgan 55 yoşli Jamşid Nurmuxammadzodani tayinladi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Tojikiston hukumatidagi muxbir
. Nurmuxammadzoda 2012 yildan beri bu lavozimda işlab kelgan Abdujabbor Şirinovning örnini egallaydi. Milliy bank raisi örinbosalaridan biri lavozimiga Jamoliddin Nuraliyev tayinlandi. Mutaxassislar bank rahbariyatining özgartirilişi mamlakatning valyuta bozoridagi murakkab vaziyat va milliy valyutaning qadrsizlanişi davom etayotgani sababli amalga oşirilganiga e'tibor qaratmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, oxirgi ikki oy içida Tojikiston milliy valyutasi – somoniy dollarga nisbatan 10 foizdan köproqqa arzonlaşib ketdi hamda ayni paytda uning dollarga nisbatan kursi bir dollar uçun 6,52 somoniyni taşkil qilmoqda. Bank sobiq rahbariyatining valyuta ayirboşlaş şoxobçalarini nazorat qilişni kuçaytiriş va xususiy şoxobçalarni qisman yopiş kabi çora-tadbirlarni amalga oşirişi jamiyatda faqatgina norozilik keltirib çiqardi va milliy valyutaning barqarorlaşiga olib kelmadi.







