Birlaşgan Arab Amirliklari hududida faoliyat yuritib kelgan 600 nafardan ortiq afğonistonlik tadbirkorning vizasi bekor qilindi. Bu haqda 6 may kuni Hama Press agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, Afğoniston fuqarolari zudlik bilan öz korxonalarini yopib, mamlakat hududini tark etiş böyiça körsatma olişgan. BAA migratsiya xizmati bu talabining sabablarini izohlamagan.

Öz navbatida Afğoniston TIV bu ma'lumotni tasdiqlagan.
"Biz vaziyatni kuzatib turibmiz. Ayni vaqtda vakillarimiz bu masalani hal qilişga harakat qilişmoqda", deb bayonot beradi Afğoniston TIV vakili Ahmad Şakib Mustağniy.

U şuningdek, Afğoniston hukumati şu masala yuzasidan Abu-Dabiga maxsus delegatsiya yuborişi mumkinligini qayd etgan.

Ma'lumot uçun, BAA hududida ayni vaqtda 170 ming nafardan ortiq afğonistonlik yaşaydi. Şundan 90 ming nafardan ortiği Dubayda faoliyat körsatadi. Ikki tomon qöşma korxonalarning yillik savdo aylanmasi 8 mlrd dollarni taşkil qiladi.