WWW.uz moderatorlari bepul sayt konstruktorlarida joylaşgan veb-saytlarni milliy saytlar katalogidan çiqarib yuboriş masalasini körib çiqişmoqda.
Qayd etişlariça, ucoz.ru, amiro.ru, okis.ru, setup.ru, ru.wix.com, ru.jimdo.com, nethouse.ru, a5.ru va boşqa şu kabi sayt konstruktorlarida joylaşgan veb-saytlarda mazmuni şubhali bölgan, sayt egalari esa bunga ta'sir qila olmaydigan reklama namoyiş etiladi.
Ma'lum qilişlariça, yaqin bir-ikki hafta içida WWW.uz saytlar katalogining yangi qoidalari kuçga kiradi va katalogni qayta körib çiqiş vaqtida bepul konstruktorlardagi saytlar katalogdan çiqarib yuboriladi.
WWW.uz vakillari bu holatda bir neça muqobil yöllarni taklif qilişgan: saytlarni Ziyonet tarmoğida, sayt-satellit körinişida bepul oçiş, şuningdek, veb-studiyalar, domen registratorlaridan foydalangan holda pulga oçiş mumkin.






