Czech Airlines yölovçi samolyoti dvigatellaridan biri işlamay qolganligi tufayli Gamburgda rejadan taşqari qönişni amalga oşirdi. Bu haqda Çexiya aviakompaniyasiga tayanib, TASS xabar berdi.
Ikki motorli turbovintli ATR 42 samolyoti Billunn (Daniya) – Praga yönalişi böyiça parvoz qilayotgandi. Bortda 30 nafar yölovçi bölgan.
Billunn aeroportidan uçişda muammolar kuzatilmagan, samolyot balandlikka kötarilganidan söng dvigatel noma'lum sabablarga köra işlamay qolgan. Ekipaj samolyotni yaqin atrofdagi havo bandargohiga yönaltirişga qaror qilgan. Qöniş vaqtida heç kim jabrlanmagan.
CSA dvigatel işlamay qolganining sababini aniqlaş va havo kemasini ta'mirlaş uçun Gamburgga texniklar jamoasini jönatdi.






