Fransiyada Falastin muxtoriyatining marhum rahbari Yosir Arofatning ölimi böyiça tekşiruv olib boriş işlari töxtatildi. Bu haqda i24news telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, 30 aprel kuni xulosalar prokuraturaga yuborilgan.
Xabarda qayd etilişiça, tekşiruv ötkazgan mutaxassislar bu safar ham falastinliklarning sobiq yetakçisining joniga suiqasd qilingani haqidagi farazlarni inkor qilişgan.
Bundan oldinroq, Falastin tomoni Yosir Arofatni zaharlagani taxmin qilingan şaxs qölga olingani haqida ma'lum qilgandi. Falastindagi taftiş komissiyasi rahbari Tavfiq Tiraviy bu gumonlanuvçining şaxsini oşkor qilmagan.






