Özbekiston Prezidenti Islom Karimov Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan Moskvadagi tadbirlarda iştirok etmaydi. Bu haqda, Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati vakiliga asoslanib, “Noviy vek” gazetasi xabar bermoqda.
Vakilning sözlariga köra, uşbu sana bilan boğliq tadbirlar Özbekistonda ham keng nişonlanadi, bir qator tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
“Özbekiston Prezidenti uşbu tadbirlarda faol iştirok etadi”, - dedi “Noviy vek” suhbatdoşi.
Özbekistondagi “Nuroniy” xayriya jamğarmasi ma'lumotlariga köra, Ikkinçi jahon uruşida Özbekistonning 1,4 million aholisi iştirok etgan, ularning 400 mingdan ortiği halok bölgan, 130 ming nafari bedarak yöqolgan.






