Özbekiston vakillari Buyuk Britaniyadagi umumiy parlament saylovlarida kuzatuvçilik qilişadi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi elçixonasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum bölişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi a'zosi Akmal Umrzoqov va Markaziy saylov komissiyasi a'zosi, ÖzMU prorektori Şuhrat Sirojiddinov 2-8 may kunlari davomida Buyuk Britaniyadagi parlament saylovining barça jarayonlarini kuzatib boradi.

“Özbekiston parlamenti va Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Buyuk Britaniyada parlament saylovlarini taşkil etiş va ötkaziş jarayonini örganiş imkoniyatiga ega ekanligidan mamnunman. Umid qilamanki, safar samarali böladi”, - degan edi Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Jorj Edgar özbekistonlik kuzatuvçilarning safarga jönab ketişi oldidan.