Pokiston hukumati turar-joy tumanlaridagi jangarilarni kuzatiş va terrorçilar faoliyatini oldini oliş maqsadida ijaraga olingan uy va ijaraçilar haqida axborot töplaşni nazarda tutuvçi yangi qoidalarni joriy etmoqda. 

12news.uz’ning xabar berişiça, Pokistonning Sind, Panjob va Haybar-Paxtunxva viloyatlari parlamenti ijaraçilardan şaxsini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini körib çiqmoqda va tez orada gubernatorlar uşbu qonunlarni qabul qilişi kutilmoqda. 

Belujiston viloyati hukumati esa öz qonun loyihasi ustida iş olib bormoqda. 

Uşbu qoidalar Pokiston federal hukumatining terrorçilikka qarşi kuraş böyiça Milliy harakatlar rejasi bir qismi hisoblanadi. Reja 2014 yil dekabrida Peşovardagi davlat armiya maktabiga uyuştirilgan terrorçilik hujumi va buning natijasida 140dan ortiq bola va öqituvçilar halok bölganidan söng işlab çiqilgandi.