Rossiya qişloq xöjaligini nazorat qiliş xizmati (Rosselxoznadzor) Polşadan Qozoğistonga olib ketilayotgan 390 tonna olmani çegaradan ötkazmadi. Tengrinews.kz resursining xabar berişiça, mahsulotni Rossiya orqali tranzit qoidalarini buzgan holda olib ötişga harakat qilişgan.
Rosselxoznadzorning Bryansk va Smolensk viloyat boşqarmalari tarqatgan ma'lumotga köra, 1-5 may kunlari davomida "Krasnyy Kamen" va "Krasnaya Gorka" ötkaziş punktlarida 196 tonna olma va 19 tonna Pekin karami uşlab qolingan. Tranizt qoidalarining buzilganligi sababidan mahsulot orqaga qaytarib yuborilgan.
Qozoğistonga olib ketilayotgan yana 195 tonna olma Tver va Pskov viloyatlarida uşlab qolingan. Mevalar partiyasi Belarusga qaytarib yuborilgan.
Rossiya 390 tonna Polşa olmasini Qozoğistonga ötkazmadi
14:45 / 06.05.20154 1561 min






