
Samarqand şahrida “Sen Yolğiz Emassan” jamğarmasi tomonidan qurib bitirilgan yangi mehribonlik uyining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayevaning Feysbukdagi rasmiy sahifasida ma'lumot berildi.
“Aziz döstlar, siz bilan quvonçli xabarni ulaşmoqçiman! Nihoyat Samarqand şahrida “Sen Yolğiz Emassan” jamğarmamiz tomonidan qurib bitirilgan yangi Mehribonlik uyining oçilişi bölib ötdi”, - deyiladi xabarnomada.
Lola Karimova-Tillayeva mehribonlik uyining barpo etilişiga jiddiy e'tibor qaratilganini ta'kidlab ötdi:
“Biz uy loyihasini işlab çiqişda arxitektor, pedagog va psixologlar bilan birgalikda puxta iş olib bordik, bolajonlarning yaşaşi, rivojlanişi va ta'lim olişi uçun maksimal qulayliklar yaratişga intildik”.
Ma'lum bölişiça, yangi mehribonlik uyi binosiga 6-mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari, jami 127 bola (42 qiz va 85 öğil bola) köçib ötgan.











