"Barselona" jamoasining urugvaylik hujumçisi Luis Suares saraton xastaligiga çalingan Mateo ismli yoş muxlisi uçun syurpriz tayyorladi.
Mateoni xursand qilişni istagan yaqinlari va şifokori Suares bilan kelişgan holda kiçik aksiya ötkazişdi. Stsenariyga köra, bolani tibbiy dargohga olib kelişadi va unga dunyodagi eng kuçli mutaxassis şifokor bilan suhbatlaşişi kerakligini aytişadi.
Avvaliga videoçat orqali bola bilan suhbatlaşişni boşlagan "soxta şifokor" tezda özini tanitganida, bemorning közidan quvonç yoşlari tirqirab ketdi.
Suares esa unga "Nega hayron bölasan? Şifokorlar ham yaxşi futbol öynay olişadi. Mening gollarimni körgan bölsang kerak?", deya hazillaşadi.
Suares bemor bola bilan yana boşqa mavzularda suhbatlaşib, unga dalda beradi.
Suhbat söngida esa Suares Mateoga özining imzosi tuşirilgan futbolkasini yuborişni va'da qilgan.






