Tailandning Çonburi viloyatida Nom Sot («Sut») laqabli daydi it onasi tomonidan axlatga taşlab yuborilgan yangi tuğilgan qizaloqni qutqarib qoldi, deb xabar beradi «Nur.kz».
Pattana Villa qişloğidagi köçalardan birida yaşovçi oq köppak mahalliy aholi köz öngida çoyşabga öralgan qizni tişlari bilan kötarib, çaqaloq uçun ğajişayotgan ikki itdan uzoqqa, odamlar yoniga olib bordi.
Qişloq ahli bolani kuçukdan oldi va qutqaruvçilarni çaqirdi. Tanasining bir neça joyi tişlangan qizça şifoxonaga yetkazildi.
Mahalliy politsiya ma'lumotiga köra, qişloqqa örnatilgan videokuzatuv kameralarida qizaloqning onasi deb taxmin qilinayotgan ayolning bir neça kadrlari topilgan. Politsiya ayblov e'lon qiliş uçun ayolni qidirmoqda.






