5 may kuni Çempionlar ligasi yarim finalida dastlabki uçraşuv bölib ötdi. Turinning "Yuventus" klubi öz maydonida "Real"ni qabul qildi va 2:1 hisobida ğalabaga erişdi.

Uçraşuvning 8-daqiqasida ayni vaqtda "Yuventus" şarafini himoya qilayotgan madridliklarning sobiq hujumçisi Alvaro Morata hisobni oçdi. Madridliklar tezda hisobni tenglaştirdi. Kriştianu Ronaldu 27-daqiqada gol kiritib, vaziyatni öngladi.

Karlos Teves 57-daqiqada penaltidan urgan gol uçraşuv taqdirini hal qildi. Şu tariqa "Yuventus" 2:1 hisobida ğalabaga erişdi.

Yuventus – Real 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:1:0 – 8 Morata, 1:1 – 27 Ronaldu, 2:1 – 57, penalti Teves. 
Yuventus – Buffon, Lixtştayner, Bonuççi, Kellini, Evra, Markizio, Pirlo, Sturaro (Bardzali, 64), Vidal, Teves (Pereyra, 86), Morata (Lorente, 78).
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Xames, Ramos, Kroos, Isko (Ernandes, 63), Beyl (Xese, 86), Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Bonuççi (5), Teves (46), Vidal (56), Marselo (57), Karvaxal (75), Xames (85), Kellini (90).