Yevropa Çempionlar ligasi musobaqasining yarim final dastlabki uçraşuvlaridan örin olgan "Barselona" hamda "Bavariya" klublari örtasidagi uçraşuv nihoyasiga yetdi.

Unda 3:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning ğalabasi bilan yakunlandi.

Ikki golni argentinalik hujumçi Lionel Messi kiritdi. Darhaqiqat, uşbu gollar bir-biridan çiroyligi bilan öyinni bezab berdi.

Bevosita uçraşuv maydon egalarining şiddatli hujumlari bilan boşlandi. Ayniqsa, Luis Suaresda bir qança vaziyatlar sodir etildi. Urugvaylik futbolçiga köp jihatdan omad yetişmadi. Katta sahnaga Messi çiqqaç, hammasi joy-joyiga tuşdi.

Öyinga qöşib berilgan vaqtda Neymar uçinçi golni kiritib, amalda öyin taqdirini hal qildi.

Şu tariqa "Barselona" javob öyini oldidan ajoyib imkoniyatga ega böldi.

Yevropa Çempionlar ligasi, yarim final
Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 3:0
Gollar: 1:0 – 77 Messi, 2:0 – 80 Messi, 3:0 – 90+1 Neymar.
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta (Rafinya, 87), Maskerano (Bartra, 89), Rakitiç (Xavi, 82), Neymar, Messi, Suares.
Bavariya – Noyyer, Boateng, Bernat, Benatiya, Lam, Alkantara, Xabi Alonso, Rafinya, Şvaynştayger, Myuller (Gettse, 79), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Xabi Alonso (35), Dani Alves (46), Benatiya (52), Bernat (56), Pike (66), Neymar (69).

Manba: www.uff.uz