Özbekiston Prezidenti Islom Karimov Moskvada Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etadi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, Islom Karimov Vladimir Putinning taklifini qabul qilgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham “Özbekiston prezidenti 9 may kuni Moskvada bölişi haqida axborot olinganini” ma'lum qilgan.

Avvalroq “Noviy vek” gazetasi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati vakiliga asoslanib Islom Karimov 9 may kuni Moskvaga bormasligi, Özbekistonda böladigan Xotira va qadrlaş kuni tadbirlarida faol iştirok etişi haqida xabar bergandi.